Этот сайт продается вес вопросы на телеграм: @azikpro

ОНЛАЙН МУЗЫКА » Топ-100 » Jahongir Otajonov - Men O'zimni Sevaman

Jahongir Otajonov
Men O'zimni Sevaman

  • Слушали: 345
  • Формат: mp3
  • Раз / Кач: 6,5 Mb (320 kbs)
  • Длительность: 6:44 min
  • Жанры: Поп
  • Дата релиза: 27-03-2021, 21:04
Слушать трек
Скачать трек
На этой странице Вы можете скачать песню Jahongir Otajonov - Men O'zimni Sevaman!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Нравится песня?
Да (0%)
Нет (0%)
Клип на песню Jahongir Otajonov - Men O'zimni Sevaman

Текст песни Jahongir Otajonov - Men O'zimni Sevaman

Men o‘zimni sevaman,
Menga o‘zim yoqadi.
Endi menga baribir,
Kim qanaqa boqadi.

To‘nim kalta, va lekin
Yo‘qdan ko‘ra, shukr, bor.
Bu dunyoda hech odam
Emas mendek baxtiyor.

Gap eshitsam jilmayib,
Kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa,
O‘ngin tutib turaman.

Yurak degan qabrda
Armonimni ko‘mganman
Va ustida bolamga
O‘yin tushib berganman.

Har tong qarab oynaga,
Deyman: “mening g‘amim yo‘q”,
Men sog‘lomman, men zo‘rman,
Tashvishim yo‘q, kamim yo‘q.

G‘animlarim yov, lekin
Men ulardan qarz emas,
Hech qaysisi jonimni
Tikishimga arzimas.

Xomush bo‘lar ba’zilar,
Sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi,
Ajinlar ham yarashib.

Tikan - tikan, gul guldir,
Har narsa o‘z holicha,
Azizlarim, dunyoni
Qabul qiling boricha.

Oson yashay desangiz,
Maslahatim olvoling:
O‘zingizni ozgina
Jinnilikka solvoling.

Yashashga emas, bizni
Imtihonga tashlabdur,
Pirim o‘sha kovushsiz
Devonai Mashrabdur.

Oson yashay desangiz,
Maslahatim olvoling:
O‘zingizni ozgina
Jinnilikka solvoling.

Yashashga emas, bizni
Sinovlarga tashlabdur,
Pirim o‘sha kovushsiz
Devonai Mashrabdur.

Ko‘ylagimni so‘rashsa,
To‘nimni ham beraman,
Tikanlarning ichidan
Gullolalar teraman.

G‘am so‘zidan o‘zimga
Shodlik so‘zin yasayman,
Men shunaqa, o‘zimni
Xursand qilib yashayman.
Комментарии (0)
Комментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Анализ сайта muzgoo.com Яндекс.Метрика